Yanvar oyida yangi sanoat korxonalari eng ko‘p qaysi hududda tashkil etildi?
Jamiyat
−
21 fevral 2021
9392Joriy yilning yanvar oyida eng ko‘p yangi sanoat korxonalari Toshkent shahrida tashkil etilgan va ularning soni 215 tani tashkil qiladi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumot berdi.
Unga ko‘ra, 2021 yilning yanvar oyida O‘zbekistonda 1438 ta yangi sanoat korxonalari tashkil etildi.
2021 yil yanvar oyida hududlar kesimida tashkil etilgan yangi sanoat korxonalari soni:
- Toshkent shahri – 215 ta;
- Farg‘ona viloyati – 153 ta;
- Samarqand viloyati – 143 ta;
- Namangan viloyati – 143 ta;
- Andijon viloyati – 133 ta;
- Toshkent viloyati – 125 ta;
- Qashqadaryo viloyati – 102 ta;
- Xorazm viloyati – 85 ta;
- Buxoro viloyati – 84 ta;
- Surxondaryo viloyati – 71 ta;
- Navoiy viloyati – 59 ta;
- Jizzax viloyati – 47 ta;
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 46 ta;
- Sirdaryo viloyati – 32 ta.
LiveBarchasi