Yanvar oyida qanday ob-havo bo‘lishi aytildi

Bu qiziq

image

Yanvar quruq va nisbatan iliq ob-havo bilan boshlanadi. Bu haqda O‘zgidromet ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, yangi 2024 yilning birinchi oyi harorat tartibi bo‘yicha me’yorga yaqin, ba’zi joylarda me’yordan 1-1, 5 darajaga yuqori bo‘ladi.

Yanvar oyining birinchi besh kunligida O‘zbekiston hududi bo‘yicha asosan yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. 1-3 yanvar kunlari kunduzgi havo harorati 6-11 daraja iliq atrofida, 4-5 yanvar kunlari esa 1-3 yanvarga nisbatan 3-5 darajaga yuqori bo‘ladi.

Keyinchalik oyning oxirigacha harorat kechalari 0-5 daraja iliqdan 3-8 daraja sovuqqacha, kunduz kunlari 10-15 daraja iliqdan 0-5 daraja iliqqacha o‘zgarib turishi kutilmoqda. Harorat kechalari qisqa davrga 10-13 daraja sovuqqacha pasayishi va kunduz kunlari 16-18 daraja iliqqacha ko‘tarilishi mumkin.

Yomg‘ir va qor ko‘rinishidagi yog‘ingarchiliklar yanvar oyining birinchi o‘n kunligi oxirida, shuningdek, ikkinchi va uchinchi o‘n kunliklarning ayrim kunlarida kutilmoqda. Umuman olganda, oy uchun yog‘ingarchilik miqdori me’yor atrofida, ba’zi joylarda me’yordan kam bo‘lishi kutilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing