Yanvar oxirigacha bizni qanday ob-havo kutyapti?
Bu qiziq
−
07 yanvar 2022
15939Gidrometeorologiya xizmati markazi joriy yilning yanvar oyi davomida O‘zbekistonda qanday ob-havo kuzatilishi haqida prognozlarni ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, joriy yilning yanvar oyi nisbatan iliq, ammo yomg‘irli ob-havo bilan boshlandi. Respublika hududi bo‘yicha deyarli har kuni yomg‘ir, tog‘larda asosan qor ko‘rinishidagi yog‘ingarchilik kuzatilgan.
7 yanvarda respublika hududining katta qismida yog‘ingarchilik to‘xtadi. Faqat Toshkent, Surxondaryo viloyatlarida ertalab, Farg‘ona vodiysida kun davomida ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘adi. Respublikaning tog‘li hududlarida biroz qor yog‘adi.
8 – 14 yanvarda respublika hududi bo‘yicha asosan yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda.
9 – 12 yanvarda havo harorati kechalari 2 daraja sovuq 3 daraja iliq atrofida, kunduz kunlari 3-8 daraja iliq, ba’zi joylarda 10—12 daraja iliqqacha, 13—14 yanvarda kechalari 0-5 daraja iliq, kunduz kunlari 8-13 daraja iliq atrofida bo‘ladi.
Yanvar oyining ikkinchi yarmida harorat kechalari 0-5 daraja iliqdan 3-8 daraja sovuqqacha, kunduz kunlari 8-13 daraja iliqdan 0-5 daraja iliqqacha, shimolda esa kechalari 0-5 daraja sovuqdan 10-15 daraja sovuqqacha, kunduz kunlari 3-8 daraja iliqdan 0-5 daraja sovuqqacha o‘zgarib turishi kutilmoqda.
Ikkinchi o‘n kunlikning boshida va uchinchi o‘n kunlikning ayrim kunlarida yomg‘ir va qor ko‘rinishidagi yog‘ingarchilik bo‘lishi kutilmoqda.
LiveBarchasi