Yanglishib to‘langan soliqlarni qaytarish shartlari o‘zgartirilmoqda

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi va Davlat bojxona qo‘mitasining Adliya vazirligi tomonidan 2016-yil 30-martda 2771-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan qaroriga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritilmoqda. Bu haqda Moliya vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Unga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 103-105-moddalariga asosan ortiqcha to‘langan soliqlarni hisobga olish hamda qaytarish bo‘yicha kiritilgan qo‘shimcha va o‘zgartirishlardan kelib chiqib qaror loyihasi ishlab chiqilgan. 

Jumladan, ortiqcha to‘langan (ortiqcha undirilgan) soliqlarni hisobga olish va (yoki) qaytarish bo‘yicha soliq to‘lovchining arizasi kelib tushgan kundan boshlab o‘n kun ichida soliq organining qarori qabul qilinib, bu haqda soliq to‘lovchini uch kun ichida xabardor qilinishi belgilanmoqda. 

Shuningdek, yanglishib to‘langan soliq summalari, shuningdek penyalar va (yoki) jarimalar soliq to‘lovchiga uning yoxud bankning yoki O‘zbekiston Respublikasi G‘aznachiligining yozma murojaati asosida, agar xatolik ular tomonidan yo‘l qo‘yilgan bo‘lsa, qaytarilishi ma’lum qilingan. 

Loyihada quyidagilar nazarda tutilmoqda:

•  ortiqcha to‘langan (ortiqcha undirilgan) soliqlarni hisobga olish va (yoki) qaytarish bo‘yicha soliq organining qaror qabul qilinishi;

•  sud hujjatlari va soliq organining qarorlariga asosan majburiy ijro byurosi tomonidan undirilgan soliq va yig‘imlarni byudjetga o‘tkazish bo‘yicha to‘lov topshiriqnomasi namunasi;

•  ortiqcha to‘langan (ortiqcha undirilgan) yoki xatolik bilan to‘langan soliq (penya, jarima) summalarini boshqa soliq qarziga hisobga olish bo‘yicha tayyorlangan bazaviy hisoblash miqdorining 20 barobaridan oshmagan topshiriqnoma va qarorlarni G‘aznachilik bo‘limlariga avtomatik yuborish;

•  ijroga qabul qilingan topshiriqnoma va qarorlarni soliq organining murojaatiga asosan vaqtinchalik to‘xtatib turilishi yoki qaytarilishi;

•  5 ish kuni mobaynida hisob raqamlarda joriy tushumlar yetishmagan topshiriqnoma va qarorlarning ijrosini tegishli byudjetning shaxsiy g‘azna hisob varag‘idan amalga oshirilishi.

Natijada, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 30-dekabrdagi PQ-4555-son qarori va Soliq kodeksining 103-105-moddalari talablari bajariladi, ortiqcha to‘langan (undirilgan) soliqlarni hisobga olish va (yoki) qaytarish muddatlari qisqaradi, soliq organining mas’uliyati oshiriladi va tizim avtomatlashadi, deyiladi xabarda.

Yulduz Abdurashidova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

63

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing