Yangiyo‘ldagi “zapravkada” avtobus portladi (video)
3-sahifa
−
01 fevral
9878Bugun, 1 fevral kuni Toshkent viloyatidagi gaz to‘ldirish shoxobchalarning birida avtobus portlab ketdi. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.
Bildirilishicha, soat 08:40 da Yangiyo‘l tumani “Registon” MFY Navbahor ko‘chasida joylashgan avtomobillarga gaz to‘ldirish shoxobchalarning birida Isuzu rusumli avtotransport vositasiga gaz to‘ldirish vaqtida transport vositasiga o‘rnatilgan gaz balonidagi gaz to‘ldirish uchun mo‘ljallangan qismiga ulangan maxsus metall moslama chiqib ketishi oqibatida gaz yuqori bosim bilan havoga chiqib ketgan.
Sodir bo‘lgan holat oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.
“Shu o‘rinda Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi fuqarolardan avtomobillarga gaz to‘ldirish shoxobchalarida belgilangan qoidalarga amal qilishlarini so‘rab qoladi”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qashqadaryo viloyatidagi “zapravka”da yoqilg‘i tashuvchi avtomobil yonib ketgandi.
LiveBarchasi
20 mart
Temu O‘zbekistonda bloklandi.
20 mart