Yangiyo‘lda yo‘qolib qolgan 1,5 yashar bolaning jasadi kanaldan topildi
Jamiyat
−
12 avgust 2020
26999Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyatining Yangiyo‘l tumanida 1,5 yoshli uyidan chiqib ketib, bedarak yo‘qolgani haqida xabar tarqalgandi.
Yo‘qolib qolgan bolaning jonsiz jasadi kanaldan topildi. Bu haqda QALAMPIR.UZ`ga Bosh prokuratura Matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Yangiyo‘l tumani IIB navbatchilik qismiga joriy yilning 9 avgust kuni soat taxminan 20:00 da Yangiyo‘l tumani, Qo‘shtepa MFYda yashovchi fuqaro M.O. 2018 yil 16 oktyabrda tug‘ilgan nabirasi U.R. uydan noma’lum tomonga chiqib ketib, bedarak yo‘qolganligi haqida murojaat qilgan.
Mazkur murojaatga asosan tuman prokurori o‘rinbosari D.Azimov, tuman prokurori katta yordamchisi J.Rustamov va tuman IIB tezkor xodimlari voqea joyiga chiqib, voqea joyini ko‘zdan kechirib, holat yuzasidan tushuntirish xatlari olingan.
Olib borilgan tergovga qadar tekshiruv davomida, Yangiyo‘l tumani, Qo‘shtepa MFY, O‘zbekiston ko‘chasi, 7-uyning orqa tomonidan “Jo‘n ariq” kanali oqib o‘tganligi ma’lum bo‘ldi.
Shuningdek, tergovga qadar tekshiruv davomida 2004 yil 2 avgustda tug‘ilgan voyaga yetmagan O.X. Yangiyo‘l shahar, “Fayzobod” MFY hududidan oqib o‘tuvchi “Jo‘n ariq” kanalida yoshi taxminan 1,5-2 yosh bo‘lgan bola tanasi suvda ko‘ringanligi, suvda suzishni bilmaganligi sababli, bola murdasini suvdan olib chiqa olmaganligini o‘z tushuntirish xatida bayon qilgan.
Shu bilan birga, tuman prokuraturasi, tuman IIB va tuman favqulotda vaziyatlar bo‘limi bilan hamkorlikda “Jo‘n ariq” kanali suvi 3 soatga to‘xtatib qo‘yilib, suvda bola murdasini qidirish ishlari tashkillashtirildi.
Bugun, 12 avgusut kuni Yangiyo‘l tumani, Mirzaboboyev MFY, Ohunboboyev uchastkasidan oqib o‘tuvchi “Jo‘n ariq” kanalidan U.R.ning murdasi jonsiz holatda topildi.
Mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
LiveBarchasi