Yangiyo‘lda avtobus yuk mashinasi bilan to‘qnashib, ag‘darilib ketdi

3-sahifa

image

Bugun, 13 dekabr kuni Toshkent viloyatining Yangiyo‘l tumanida Isuzu rusumli avtobus yuk mashinasi bilan to‘qnashib, ag‘darilib ketdi. Bu haqda viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi. 

Qayd etilishicha, hodisa soat taxminan 16:30 larda Yangiyo‘l tumani hududidan o‘tuvchi M-34 “Toshkent-Dushanbe” avtomobil yo‘lining 10 kilometrida sodir bo‘lgan. 1984 yilda tug‘ilgan haydovchi “Yangiyo‘l-Toshkent” yo‘nalishida XCMG rusumli yuk avtomobilni boshqarib ketayotgan vaqtida, o‘zi bilan bir yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan 1980 yilda tug‘ilgan haydovchi boshqaruvidagi Isuzu rusumli avtobusning orqa yon qismiga urilib ketgan.

Bildirilishicha, yo‘l-transport hodisasi oqibatida avtobusda bo‘lgan 2 nafar yo‘lovchiga tuman tibbiyot birlashmasida tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Hozirda ularning ahvoli yaxshi. Mazkur holat yuzasidan Yangiyo‘l tumani IIB tomonidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Surxondaryo viloyatida 16 yoshli yigit sodir qilgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida 2 kishi hayotdan ko‘z yumgandi.


Maqola muallifi

Teglar

avtobus Yangiyo'l yuk mashinasi yo'l-transport hodisasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing