Yangiyerda “Tozalash-antiterror” tadbiri o‘tkazildi

Jamiyat

image

Joriy yilning 14 noyabr kuni Sirdaryo viloyatida Yangiyer shahar xududida keng qamrovli “Tozalash-Aniteror”  tadbiri o‘tkazildi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xabar bermoqda. 

“Tozalash-antiterror”  tadbiri Sirdaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi hamda Yangiyer shahar Ichki ishlar bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan. Shaharning kriminogen vaziyatini inobatga olgan holda Shodlik, Ma’rifat, Obod yurt, Bobur, Temur Malik, Binokor, A.Jomiy hamda Navro‘zobod mahallalariga patrullik yo‘nalishlari xizmatga jalb etilgan.

Tadbir davomida Yangiyer shahar xududidagi jinoyat va xuquqbuzarliklar sodir etilishi mumkin bo‘lgan, fuqarolar gavjum bo‘ladigan jamoat joylarida, 8 ta qurilishi tugallanmagan ob’ektlar ko‘zdan kechirilib, 14 ta faoliyatini davom ettirayotgan umumiy ovqatlanish shoxobchalari, 16 ta korxona va tashkilotlarda hamda ko‘cha va xiyobonlarda xodimlar tomonidan profilaktik tushuntirish ishlari olib borilib, shahar xududida shaxsiy ov quroliga ega bo‘lgan shaxslarning ov qurollari xujjatlar va saqlanish holatlari tekshirildi va olib borilgan profilaktik tushuntirish ishlari natijasida 1 nafar ov quroliga ega bo‘lgan fuqaro vafot etgani aniqlangan. Tegishli hujjatlar rasmiylashtirilmagani sabab u IIBga olib kelinib, hujjatlar rasmiylashtirish choralari ko‘rilgan. 

 

Tadbir davomida PPX xodimlari va profilaktika inspektorlari tomonidan shahar xududida bemaqsad yurgan fuqarolarning shaxsini aniqlash maqsadida fuqarolar IIBga va hududiy tayanch punktlariga olib kelindi va tegishli bazalar orqali tekshirilib shaxsiga aniqlik kiritildi, ushbu fuqarolarning barmoq izlari olinib, ular bilan karantin qoidalariga amal qilishlari hamda jinoyat va xuquqbuzarliklar sodir etmasliklari to‘g‘risida profilaktik tushuntirish ishlari olib borilgan. Ma’muriy xuquqbuzarlik sodir etganlik uchun 90 nafar fuqarolarga nisbatan ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan. Jumladan mayda bezorilik sodir etganlik uchun 16 nafar, ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaganlik va xizmat faoliyatiga qarshilik ko‘rsatganlik uchun 6 nafar, jamoat joyida spirtli ichimlik iste’mol qilganlik uchun 17 nafar, karantin qoidalarini buzganlik uchun 55 nafar fuqarolarga nisbatan ma’muriy bayonnomalar tuzildi hamda 2 nafar fuqaro o‘tkir tig‘li jism olib yurganligi aniqlanib, tegishli xujjatlar rasmiylashtirilgan.  

YHXB xodimlari tomonidan haydovchilarga nisbatan yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun 250 ta ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilib, qo‘pol qoidabuzarlik sodir etgan 105 nafar avtomashina jarima maydonchasiga joylashtirilgan. 


Maqola muallifi

Teglar

Tozalash-Antiterror Yangier shahri

Baholaganlar

97

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing