Yangiyer shahri hokimi vafot etdi

Jamiyat

image

Sirdaryo viloyati Yangiyer shahri hokimi Xo‘jayev Ilyor Axmad o‘g‘li sabab 45 yoshida vafot etdi. Bu haqda bugun, 8 iyul kuni viloyat hokimligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Ilyor Xo‘jayevning vafotiga betobligi sabab bo‘lgan.

Ilyor Xo‘jayev 1977 yilda Sirdaryo viloyatida tug‘ilgan. Millati o‘zbek. Ma’lumoti oliy. 1999 yilda Toshkent davlat agrar universitetini, 2009 yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi qoshidagi Oliy biznes maktabini tamomlagan.

Guliston shahar, Boyovut tumani Moliya bo‘limi rahbari, Guliston shahar hokimining birinchi o‘rinbosari kabi turli lavozimlarda faoliyat yuritgan.


Maqola muallifi

Teglar

Xo'jaev Ilyor Axmad o'g'li

Baholaganlar

1512

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar