Yangi yil kechasida qor yog‘adimi?
Bu qiziq
−
24 dekabr 2022
42978Joriy yilning 31 dekabr kuni – Yangi yil kirib kelishi arafasida O‘zbekiston bo‘ylab qor yog‘ishi kutilmoqda. Bu haqda iqlimshunos Erkin Abdulahatov yozdi.
Uning qayd etishicha, ayni kunlarda issiq havo oqimi Yevropadan sharqqa tomon harakatlanib, rus tekisliklari tomon oshiqmoqda.
“Mazkur vaziyat kelayotgan o‘n kunlikda bizga shimoli-g‘arbdan o‘ta sovuq havo oqimlari kirib kelmasligini kafolatlaydi.
Darvoqe, hozirgi kunda hammani yangi yil kechasida o‘zbeklar yangi yilni qanday ob-havo qarshisida kutib olishi to‘g‘risidagi vaziyat qiziqtiryapti.
Ayrim iqlim modellari 2023 yilga o‘tar kechasi soat millari 00:00 ga bong urganda, respublikaning katta qismida tashqi muhitda qor yog‘ishi mumkinligi to‘g‘risida kutilmalarni taqdim etmoqda”, deb yozgan mutaxassis.
Unga ko‘ra, 28 dekabrdan so‘ng respublikaga bir nechta nam havo oqimi bosqichlari kirib kelishi oydinlashmoqda.
“31 dekabrga 5 kunlar qolganda, yangi yil kechasi uchun ishonchli ob-havo prognozi taqdim etiladi”, deb hali Yangi yil kechasida qor yog‘ishi bilan bog‘liq ma’lumot o‘ta ishonchli emasligini tasdiqlagan Abdulahatov.
LiveBarchasi