Yangilangan WBC reytingiga 6 nafar o‘zbek bokschisi kiritildi
Sport
−
26 dekabr
2988Butunjahon boks ittifoqi (WBC) dekabr oyi uchun yangilangan reytingni e’lon qildi va reytingdan 6 nafar o‘zbekistonlik bokschi o‘rin oldi. Bu haqda tashkilot rasmiy sayti xabar berdi.
Yangilangan reytingdan Bahodir Jalolov, Bektemir Meliqo‘ziyev, Isroil Madrimov, Otabek Xolmatov, Olimjon Nazarov va Hasanboy Do‘smatov o‘rin olgan.
O‘zbek bokschilari orasida eng yaxshi natija Hasanboy Do‘smatov va Isroil Madrimovga tegishli bo‘lib, bokschilar o‘z vaznida 3-o‘rinda qayd etildi.
Reyting:
Superog‘ir vazn: Bahodir Jalolov 10-o‘rin;
Supero‘rta vazn toifasi (76,2 kg): Bektemir Meliqo‘ziyev 9-o‘rin;
Birinchi o‘rta vazn (69,8 kg): Isroil Madrimov 3-o‘rin;
Yarimengil vazn (57,1 kg): Otabek Xolmatov 17-o‘rin;
Yengil vazn (50,82 kg): Olimjon Nazarov 37-o‘rin;
Birinchi o‘ta yengil vazn (47,6 kg): Hasanboy Do‘smatov 3-o‘rin.
LiveBarchasi