Yangilangan FIFA reytingida O‘zbekiston pastladi
Sport
−
17 Oktabr 6571 1 daqiqa
Joriy yilning oktyabr oyida bo‘lib o‘tgan xalqaro tanaffusdan so‘ng, FIFA reytingi yangilandi. Quvaytga qarshi o‘yindagi g‘alaba va Urugvayga qarshi mag‘lubiyatdan keyin O‘zbekiston terma jamoasi reytingda bir pog‘ona pastladi.
Yangilangan reytingga ko‘ra, O‘zbekiston milliy terma jamoasi avvalgi o‘rnidan bir pog‘ona pastlab, 55-o‘rindan joy olgan. Shuningdek, milliy terma jamoa Osiyo jamoalari orasida 6-o‘rinni band etgan. O‘zbekistondan yuqorida Qatar (52), Avstraliya (25), Janubiy Koreya (22), Eron (21) va Yaponiya (19) milliy terma jamoalari o‘rin olgan. Hozirda O‘zbekiston MTJ reytingda 1452.34 ochko jamg‘argan.
Reytingda Ispaniya terma jamoasi 1-o‘rinni saqlab qoldi. Argentina terma jamoasi esa 2-o‘ringa ko‘tarilib olgan bo‘lsa, Dide Desham shogirdlari 1 pog‘ana pastlab, 3-o‘rindan joy olgan.
Umumiy yuqori o‘nlik esa quyidagicha:
- Ispaniya
- Argentina
- Fransiya
- Angliya
- Portugaliya
- Niderlandiya
- Braziliya
- Belgiya
- Italiya
- Germaniya
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston milliy terma jamoasi Jahon chempionatiga qura tashlash marosimi oldidan 3-savatchadan joy olishi haqida xabar berilgan edi.
Diyor Toshpo‘latov