Yangilangan FIFA reytingida O‘zbekiston bir pog‘ona yuqoriladi

Sport

image

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi Xalqaro futbol federatsiyasining (FIFA) yangilangan reytingida 61-o‘rinni egalladi. Bu haqda FIFA matbuot xizmati xabar berdi.

Srechko Katanets shogirdlari reytingdagi o‘rnini o‘tgan oydagidan bir pog‘ona yaxshiladi. “Oq bo‘rilar” iyun oyida 2 ta o‘yin o‘tkazib, 1 ta g‘alaba va durang qayd etdi.

Reytingda hamon Argentina terma jamoasi yetakchilik qilmoqda. 2-o‘rinni esa Fransiya terma jamoasi band etgan. Kuchli beshlikda 2 ta katta o‘zgarish ro‘y berdi. Yevro-2024 finalchilari Ispaniya va Angliya 15 va 11 pog‘ona yuqorilab, mos ravishda 3 hamda 4-o‘rinlarni egalladi.

Yevropa chempionatida muvaffaqiyatsiz ishtirok etgan Belgiya va Amerika kubogi bilan erta xayrlashgan Braziliya kuchli uchlikni tark etdi. Belgiya jadvalda 5-o‘rinni egallagan bo‘lsa, “pentakampionlar” 6-o‘ringa tushib ketdi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Argentina Srechko Katanets

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made