Yangiariq tumaniga yangi hokim tayinlandi
Jamiyat
−
14 mart 2020
4963Bugun, 14 mart kuni Xorazm viloyati Yangiariq tumaniga yangi hokim tayinlandi.
Xalq deputatlari Yangiariq tuman Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida tashkiliy masala ko‘rib chiqildi.
Yig‘ilishda Yangiariq tumani hokimi Maxsud Ortiqovich Saidov rasman egallab turgan lavozimidan ozod qilindi. Bu lavozimga 2019 yildan Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi Xorazm viloyati boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan Muhammadmurod Sobirovich Xudoyberganov tayinlandi.
Ma’lumot o‘rnida, Maxsud Xudoyberganov 1962 yilda tavallud topgan. Ma’lumoti – oliy. Mutaxassisligi bo‘yicha agronom.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev joriy yilning 12-13 mart kunlari Xorazm viloyatiga amalga oshirgan tashrifi davomida Yangiariq tumanida ham bo‘lgan edi.
LiveBarchasi