Yangi Zelandiya suv toshqinlari girdobida qoldi. Qurbonlar bor 

Olam

image

Yangi Zelandiya kuchli yomg‘irlar tufayli suv toshqinlari ostida qolmoqda. Bu haqda “Reuters” nashri xabar berdi.

Qayd etilishicha, hozirda Yangi Zelandiyaning eng yirik shahri Oklend favqulodda holat ostida. Favqulodda vaziyat shimoliy orolning katta hududlarini qamrab olgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, mazkur hududda minglab uylar elektrsiz qolgan, yuzlab uylar esa suvsiz qolgan. Shuningdek, 4 kishi halok bo‘lgani aytilmoqda.

Mamlakat bosh vaziri Kris Xopkins lavozimni egallaganiga bir haftadan kamroq vaqt bo‘lgach, Oklend shahri ustidan vertolyotda uchib, toshqindan zarar ko‘rgan uylarni aylanib chiqqan. U shahardagi toshqin ta’sirini “misli ko‘rilmagan” deb ta’riflagan.

Xabar qilinishicha, Yangi Zelandiyada iqlim o‘zgarishi kuchli yog‘ingarchilik epizodlari tez-tez va shiddatliroq bo‘lishiga olib keladi, ammo buning ta’siri mintaqaga qarab farq qiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing