Yangi yildan eski haydovchilik guvohnomalari o‘tmaydi
Jamiyat
−
19 dekabr 2023
9448O‘zbekistonda eski namunadagi haydovchilik guvohnomalarini yangisiga almashtirishning so‘nggi bosqichi joriy yilning 31 dekabr kuni yakunlanadi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi ma’lum qildi.
Bildirilishicha, 2024 yilning 1 yanvar kunidan boshlab eski namunadagi haydovchilik guvohnomalari haqiqiy emas deb hisoblanadi.
Bugungi kunga qadar haydovchilik guvohnomalarini almashtirishga ulgurmagan fuqarolar hech qanday jarima to‘lovlarsiz va imtihonlarsiz, Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmatining barcha ro‘yxatlash va imtihon olish bo‘linmalarida yangi haydovchilik guvohnomalariga almashtirib olishi mumkin.
1 yanvargacha guvohnomani yangilashga ulgurmaganlar eski “prava” bilan avtomobil boshqarganida, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 13-modda (transport vositasini hujjatsiz boshqarish)si bilan bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari – 330 ming so‘m jarimaga tortiladi.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq O‘zbekiston va Birlashgan Arab Amirliklari fuqarolarining haydovchilik guvohnomalari ikki mamlakatda o‘zaro tan olinishi e’lon qilingandi.
LiveBarchasi