Yangi yil bayramida qor yog‘adimi?

Jamiyat

image

O‘zbekistonda joriy yilning 30-31 dekabr kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi. Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati markazi yetakchi mutaxassisi Erkin Abdulahatov ma’lum qildi.

O‘zgiromet mutaxassisi mamlakatda qish faslida nega qor yog‘ishi kamayib ketayotganiga ham to‘xtalib, global iqlim o‘zgarishi O‘zbekistonda va mintaqada iliq qish kunlari sonining ortib ketishi bilan namoyon bo‘layotganini ta’kidlagan.

“O‘zbekistonda qish mavsumida qor yog‘ishi uchun shimol va shimoli g‘arbdan  sovuq havo oqimlari tez-tez respublika hududlariga kirib kelishi kerak bo‘ladi. Boshqacha aytganda, bizning mintaqada ayni shu havo oqimlaridan qor yog‘adi.

Tahlillarga ko‘ra, hozirda yil davomida sovuq havo oqimlarining respublika hududlariga kirib kelishi o‘tgan asr oxirlariga nisbatan naqd ikki barobarga kamaygan. Buning natijasida, 2016 yildan boshlab, qishda yog‘ib o‘tgan qorlar davomiyligi va yerda hosil bo‘lgan qor qoplamining sutkalab erimasdan turish holatlari keskin kamayib ketdi. Bir so‘z bilan aytganda, qish mavsumida iliq qish kunlari sonining ortishi kuzatilmoqda”, degan Abdulahatov.


Maqola muallifi

Teglar

ob-havo

Baholaganlar

1118

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing