Yangi “Xosiyat” turar joy majmuasida sotuvlar boshlandi!

Biznes

image

Golden House Toshkentning ko‘chmas mulk bozorida o‘zining yangi va noyob loyihasini taqdim etdi – zamonaviy “Xosiyat” turar joy majmuasi. Xonadonlar narxi 300 mln so‘mdan boshlanadi.

“Xosiyat” TJM – bu Yashnobod tumanining Beshariq ko‘chasida, Aviasozlar (Kadisheva) bozoridan 500 metr masofada joylashgan komfort toifasidagi to‘qqiz qavatli hashamatli binodir.

Majmua ekstereri uchun nafis barokko uslubi tanlangan – bu jiddiy dekorativlik va salobat aks etgan, o‘ziga to‘q va badavlat insonlarning xususiyatini ifoda etuvchi uslubdir. “Xosiyat”ning muhtasham va bejamdor fasadi – bu hech qachon eskirmaydigan san’at asaridir. Aynan shuning uchun ham majmua unda yashovchilaring farovonligi timsoli o‘laroq aynan “Xosiyat” nomini olgan.

Turar joy majmuasi shahar markazidan atigi 10 daqiqalik masofada joylashgan va markazga har qanday transport yordamida muammolarsiz yetib olish mumkin. Piyoda yurish masofasida kundalik ehtiyojlar uchun kerakli bo‘lgan barja joylar mavjud. Masalan, mahsulotlar, buyum va kiyim-kechaklarning nihoyatda katta assortimentiga ega “Aviasozlar” (Kadisheva) bozori, Makro va Korzinka supermarketlari, banklar, bolalar bog‘chalari va maktablar, restoran va kafelar, sport markazlari, maishiy xizmatlar punktlari va boshqalar.

Shuningdek, xonadon tanlashda hududning xavfsizligi har bir oila uchun afzallik hisoblanadi. Yopiq qo‘riqlanadigan hovli hududi videokuzatuv va kirish nazorati tizimi bilan jihozlangan. Bu majmuani hayot uchun, toza havoda sayr qilish va dam olish uchun shinam va xavfsiz makonga aylantiradi.

“Xosiyat” TJMda xonadonlarni xaridning qulay shartlari mavjud: xonadon xarid qilib, siz mablag‘laringiz va eng asosiysi vaqtingizni tejab qolasiz, negaki xonadonlar “Comfort” pardozi bilan taqdim etiladi. Mebel va boshqa jihozlarni olib kirib, yangi uyingizga bemalol do‘stlaringizni taklif qilishingiz mumkin. Sotuvga 30 dan ziyod tarhdagi va turli variantdagi xonadonlar qo‘yilgan. Mijozlar qulayligi uchun 12 oyga foizsiz muddatli to‘lov amal qilmoqda.

Markaziy savdo ofisiga tashrif buyuring, loyiha haqida batafsil ma’lumot oling va sotuvlarning dastlabki bosqichida 300 mln so‘mdan boshlangan qulay xaridlarni amalga oshiring!

Golden House savdo ofisi: Mirzo Ulug‘bek tumani, Osiyo ko‘chasi, 3-uy
Mo‘ljal: Orient Finans Bank, “Novomoskovskaya” TJM

Telefon: +998 78 150-11-11

Veb-sayt: xosiyat.uz

 

 

Reklama huquqi asosida


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

41

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing