“Yangi O‘zbekiston” bog‘idagi plyajda bir yigit cho‘kib ketdi

3-sahifa

image

Bugun, 31 iyul kuni Toshkent shahridagi “Yangi O‘zbekiston” bog‘i hududida joylashgan plyajda bir yigit suvga cho‘kish oqibatida halok bo‘ldi. Buni QALAMPIR.UZ'ga Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov tasdiqladi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, voqea joyiga tez yordam yetib kelgunga qadar yigit vafot etgan.

Bildirilishicha, mazkur holat yuzasidan Mirzo Ulug‘bek tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 23 iyul kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasining Ellikqal’a va Beruniy tumanlari orasida joylashgan Aqchako‘l ko‘lida 1 oilaning 3 nafar a’zosi cho‘kib ketgandi. Namangan tumanining “Mirishkor” MFYda esa 23 iyul kuni ikki nafar maktab o‘quvchisi Shimoliy Farg‘ona kanaliga cho‘milishga tushib, cho‘kib ketdi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent Yangi O'zbekiston cho'kib ketdi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing