“Yangi O‘zbekiston” bog‘ida Mustaqillik bayrami nishonlanmoqda (jonli efir)

Jamiyat

Ayni vaqtda Toshkent shahrida joylashgan “Yangi O‘zbekiston” majmuasidagi amfiteatrda mamlakat Mustaqilligining 30 yilligiga bag‘ishlangan bayram tantanalari bo‘lib o‘tmoqda.

Unda senatorlar, deputatlar, davlat va jamoat tashkilotlari mas’ullari, ilm-fan, madaniyat sohasi fidoyilari, nuroniylar va yoshlar ishtirok etmoqda.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bayram nutqini so‘zlamoqda.

“Ko‘p millatli O‘zbekiston xalqi jonajon Vatanimiz istiqlolining shonli o‘ttiz yillik to‘yini zo‘r shodu xurramlik bilan nishonlamoqda. “Yangi O‘zbekiston” deb nom olgan mana shu muazzam bog‘da biz bugun birinchi marta Mustaqillik bayramini o‘tkazmoqdamiz. Shu munosabat bilan siz, azizlarni, sizlarning timsolingizda butun xalqimizni chin qalbimdan tabriklab, o‘zimning samimiy va ezgu tilaklarimni bildiraman”, deydi davlat rahbari.

Tantanali bayram tadbiri davom etmoqda. Tomosha qilish uchun havolaga bosing.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

277

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing