Yangi o‘quv yilida kontrakt narxi oshadimi?
Jamiyat
−
16 iyul 16691 1 daqiqa
Ijtimoiy tarmoqlarda 2025-2026 o‘quv yilidan boshlab O‘zbekistondagi oliy ta’lim muassasalarida kontrakt narxlari 15 foizga qimmatlashi haqida xabarlar tarqaldi. QALAMPIR.UZ ushbu mish-mishlarga oydinlik kiritish maqsadida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi matbuot kotibi Nazokat Abduqunduzova bilan bog‘landi.
Abduqunduzovaga ko‘ra, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlar asoslanmagan. Biroq matbuot kotibi hozirda vazirlik rahbariyatiga kontrakt miqdorini oshirish bo‘yicha taklif kiritilgani, agar u tasdiqlansa, kontrakt summasi 10-15 foizgacha ko‘tarilishi mumkinligi haqida ma’lum qilgan.
“Mazkur masala bo‘yicha barcha ma’lumotlar vazirlikning rasmiy axborot kanallari orqali e’lon qilinadi”, deydi Nazokat Abduqunduzova.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan (2024-2025) o‘quv yilida ham to‘lov-kontrakt miqdorlari 15 foizga oshirilgan edi.
Live
Barchasi