Yangi o‘quv yilida ham onlayn ta’lim davom etadimi?
Jamiyat
−
05 iyun 2020
15990Keyingi o‘quv yilida ham onlayn ta’lim davom ettirilishi rejalashtirilgan. Bu to‘g‘risidagi Xalq ta’limi tizimida onlayn ta’lim berish faoliyatini yanada takomillashtirish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi e’lon qilindi.
Unga ko‘ra, 2020/2021 yilgi o‘quv mavsumida onlayn darslarni davom ettirish va takomillashtirish ko‘zda tutilgan.
Loyihada aytilishicha, onlayn maktabni davom ettirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi tomonidan berilgan. Vazirlar mahkamasi tomonidan ushbu taklifga rozilik berilgan. Yangi o‘quv yili uchun videodarslarni tasvirga olish ishlari joriy yilning avgustidan boshlanadi.
"online-maktab" loyihasini amalga oshirish bilan bog‘liq xarajatlar Xalq ta’limi sohasidagi islohotlarga ko‘maklashish jamg‘armasining tizimni raqamlashtirishga yo‘naltirilishi rejalashtirilgan mablag‘lar hisobidan qoplanadi.
LiveBarchasi