Yangi rekord: O‘zbekistonda koronavirusdan sog‘ayganlar 40 mingdan oshdi
Jamiyat
−
03 Sentabr 2020
19848 Bugun, 3 sentyabr soat 17:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 53 nafarga oshib, jami bemorlar 42688 nafarga yetdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.
Yangi kasallanish holatlari:
• 47 nafari Toshkent viloyatida;
• 6 nafari Andijon viloyatida tana harorati ko‘tarilganligi bois profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Shu bilan birga, Chinoz tumanida yashagan 71 yoshli O.A. (ayol) hamda Olmazor tumanida yashagan 46 yoshli N.M. (ayol), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.
Bugun ayni paytga qadar Toshkent shahrida 115 nafar, Toshkent viloyatida 51 nafar, Sirdaryo viloyatida 17 nafar, Andijon viloyatida 7 nafar, Namangan viloyatida 6 nafar hamda Qashqadaryo viloyatida 2 nafar bemor tuzaldi.
Shunday qilib, O‘zbekistonda 40081 (+198) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (93 foiz) sog‘aygan.
Hozirda mamlakatda 2274 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.
Ahrorbek Hayrullayev
LiveBarchasi