Yangi Oliy ta’lim vaziri tayinlandi
Jamiyat
−
02 fevral
15875Sharipov Qo‘ng‘irotboy Avezimbetovich Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri etib tayinlandi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, u Prezident farmoni bilan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri lavozimiga tasdiqlangan. Avvalroq, Qo‘ng‘irotboy Sharipov nomzodi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan ham ma’qullangandi. U shu vaqtga qadar Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektori lavozimida ishlayotgan edi.
Ma’lumot uchun, Qo‘ng‘irotboy Sharipov 1963 yilda Qoraqalpog‘istonning Qo‘ng‘irot tumanida tug‘ilgan. U Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektori, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri o‘rinbosari, Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti rektori vazifasida faoliyat yuritgan.
Eslatib o‘tamiz, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri lavozimi oldingi vazir Ibrohim Abdurahmonov o‘tgan yilning oktyabr oyida Qishloq xo‘jaligi vazirligiga rahbar etib tayinlanganidan beri vakant edi.
LiveBarchasi