“Yangi Ahmadboy” qo‘lga olindi
Jamiyat
−
07 dekabr 2022
17485Toshkentda qiymati 1,1 mln dollarlik moliyaviy piramida hosil qilgan 23 yoshli yigit ushlandi. U Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish markaziga kelib tushgan murojaat asosida gumonlanuvchi sifatida hibsga olingan. Bu haqda “O‘zbekiston 24” telekanalida lavha berildi.
Tergov davomida gumonlanuvchi 15 kundan 30 kun muddatgacha bo‘lgan davrda 50 nafardan ortiq fuqaroga pullarni 18 foizdan 23 foizgacha ko‘paytirib qaytarishni va’da qilgani aniqlangan.
Gumonlanuvchi o‘z intervyusida pullarni faqat o‘zining tanishlaridan olganini, odamlarda shubha paydo bo‘lishni boshlaganidan so‘ng bu “hunar”ini to‘xtatishga majbur bo‘lganini ta’kidlagan.
“2020 yil fevral oyida qarzimni yopish maqsadida birinchi marta pul olganman. Bu 2022 yil iyun oyigacha davom etgan. Bir qarz olgandan so‘ng boshqasiga ulanib ketar ekan. Birinchi marta 2065 dollar miqdoridagi pulni aldab olganman. Misol uchun, 30 foiz qo‘yib sotyapman, 20 foiz seniki deb aldab undirganman. Shu paytgacha 10 milliardga yaqin pul olganman. 8 milliardga yaqinini qaytarganman, ya’ni pullarni egalariga berganman. 2 milliardga yaqin pulni o‘z ehtiyojlarim uchun ishlatib yuborganman”, deydi gumonlanuvchi shaxs.
LiveBarchasi