Yangi haftadan O‘zbekistonda kunlar soviy boshlaydi
Bu qiziq
−
22 Sentabr 2022
17852Kelayotgan hafta boshidan O‘zbekistonda kunlar asta sekin soviy boshlaydi. Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati markazi mutaxassisi Erkin Abdulahatov ma’lum qildi.
Yangi hafta boshida Qoraqalpog‘istonning Ustyurt platosi va ko‘plab tumanlarida kunduz kuni havo harorati maksimumi +25 darajaga ko‘tariladi.
O‘zgidrometga ko‘ra, 26 sentyabr kuni Qoraqalpog‘istonda harorat bir kun oldingi kun haroratiga nisbatan 10-12 darajaga pasayadi. Chunki, prognozlarda 25 sentyabr kuni shimolda harorat maksimumi +37 daraja issiq bo‘lishi ko‘rsatilgan.
Mazkur ob-havo prognozi O‘zbekistonga hafta boshidan shimoli-g‘arbiy sovuq havo oqimi kirib kelayotganini anglatadi. Shimoli-g‘arbiy sovuq oqim hozirgi mavsumda respublikaga yog‘ingarchilik olib kelmaydi hisob.
Tog‘lar, ayrim tog‘oldi hamda sharqiy viloyatlarni (mazkur hududlarda ham ko‘p yog‘in bo‘lmaydi) hisobga olmaganda, respublika katta qismida kelayotgan hafta yog‘ingarchiliksiz o‘tishi mumkin.
Darvoqe, sovuq havo oqimini respublikaga kirib kelish bosqichida joylarda kuchli shamol va chang to‘zonlar ko‘tarilishi prognoz qilinmoqda.