Yangi haftada ba’zi hududlarda yomg‘ir yog‘adi

Bu qiziq

image

O‘zgidromet 18-20 mart kunlari uchun ob-havo prognozini e’lon qildi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi,  18-19 martda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 20 martda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 18-19 martda 2-7 daraja iliq, 20 martda 4-9 daraja iliq, kunduzi 18 martda 15-20 daraja iliq, 19-20 martda 10-15 daraja iliqqacha pasayadi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, 18 martda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin, 19 martda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 20 martda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 18-19 martda 7-12 daraja iliq, 20 martda 10-15 daraja iliq, kunduzi 18-19 martda 18-23 daraja iliq, 20 martda 15-20 daraja iliq bo‘ladi.

Toshkent, Sirdaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, 18 martda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 19 martda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin, 20 martda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 18-19 martda kechasi 5-10 daraja iliq, kunduzi 15-20 daraja iliq, 20 martda kechasi 7-12 daraja iliq, kunduzi 13-18 daraja iliq bo‘ladi.

Jizzax viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, 18-19 martda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin, 20 martda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 18-19 martda kechasi 5-10 daraja iliq, kunduzi 15-20 daraja iliq, 20 martda kechasi 7-12 daraja iliq, kunduzi 13-18 daraja iliq bo‘ladi.

Samarqand viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, 18 martda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin, 19 martda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 20 martda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 18-19 martda kechasi 5-10 daraja iliq, kunduzi 15-20 daraja iliq, 20 martda kechasi 7-12 daraja iliq, kunduzi 13-18 daraja iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, 18 martda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin, 19 martda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 20 martda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 18-19 martda 7-12 daraja iliq, 20 martda 10-15 daraja iliq, kunduzi 18-23 daraja iliq, 19-20 martda 20-25 daraja iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, 18-19 martda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 20 martda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 18-19 martda 3-8 daraja iliq, 20 martda 5-10 daraja iliq, kunduzi 18 martda 13-18 daraja iliq, 19-20 martda 15-20 daraja iliq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yog‘ingarchilik bo‘ladi. Qor ko‘chishi xavfi bor. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 18 martda kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 5-10 daraja iliq, 19 martda kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 3-8 daraja iliq, 19 martda kechasi va kunduzi 0-5 daraja iliq bo‘ladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing