Yangi haftada havo harorati me’yordan yuqoriroq bo‘ladi – O‘zgidromet

Bu qiziq

image

O‘zbekistonda yangi haftada qulay, quruq va iliq ob-havo sharoiti bo‘lishi kutilmoqda. Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati markazi ma’lum qildi.

Bugun, 10 oktyabr kuni O‘zbekiston hududi bo‘yicha ob-havoni antitsiklon periferiyasi belgilaydi. Respublika shimolida va cho‘l hududlarida ba’zi joylarda shamol 15-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkun. Respublika bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kunduzi havo harorati 23-25 darajadan oshmaydi.

Keyingi kunlarda, ish haftasining oxirigacha antitsiklon periferiyasi kuchsizlanishi kutilmoqda. Respublika bo‘yicha qulay, quruq va iliq ob-havo sharoiti bo‘lishi kutilmoqda. Kechalari havo 7-10 daraja atrofida salqin bo‘ladi, kunduz kunlari esa 25-28 darajagacha asta-sekin isiydi, bu o‘rtacha iqlimiy me’yorlardan biroz yuqori.


Maqola muallifi

Teglar

ob-havo

Baholaganlar

1411

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made