Yangi haftada havo harorati 0 darajagacha tushishi kutilyapti

Bu qiziq

image

Bugun, 17 oktyabr O‘zbekiston hududiga Volgabo‘yidan Rossiya Yevropa qismining (Moskva viloyati) markaziy hududlari ustida shakllangan nam va sovuq havo massasi kirib keladi. Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida kun davomida, Farg‘ona vodiysi viloyatlarida esa kechga tomon ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘adi. Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati markazi ma’lum qildi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasida, Xorazm, Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shimolda va cho‘l hududlarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon kuzatilishi mumkin. Kunduz kuni havo harorati 20-25 darajadan oshmaydi.

Ertaga, 18 oktyabr kuni Turkmanistondan bulutlarning keyingi qismi kirib kelishida janubiy markaziy va sharqiy tumanlarda yomg‘ir yog‘adi. Qoraqalpog‘iston Respublikasida, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida yog‘ingarchiliksiz ob-havo saqlanib turadi. Respublikaning barcha hududlari bo‘yicha shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar kuzatilishi kutilmoqda. Havo harorati kechasi 5-10 darajagacha pasayadi, kunduzi 15-20 daraja bo‘ladi.

19 oktyabr kuni respublikaning katta qismida yomg‘ir yog‘adi, tog‘li hududlarning ba’zi joylarida kuchli bo‘ladi, baland tog‘larda yomg‘ir qorga aylanishi mumkin. Faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasida va Xorazm viloyatida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati kechasi 5-8 darajagacha iliq, shimolda ba’zi joylarda 0-2 darajagacha sovuq, kunduzi 13-18 darajagacha pasayadi.

20-21 oktyabr kunlari O‘zbekistonda yog‘ingarchiliksiz ob-havo kuzatiladi. Kechalari havo harorati minimal darajaga yetadi va 3-5 daraja iliq atrofida bo‘ladi, quyosh nurlari isitishi natijasida kunduz kunlari 17-22 darajagacha ko‘tariladi.


Maqola muallifi

Teglar

ob-havo

Baholaganlar

850

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing