Yangi hafta qanday ob-havo bilan boshlanishi aytildi
Bu qiziq
−
09 Sentabr 2023
5879Kuzning navbatdagi haftasining ilk kunlarida O‘zbekiston bo‘ylab havo harorati nisbattan tushishi prognoz qilindi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 11 sentyabrda 15-20 m/s gacha kuchayadi, 11 sentyabrda 21-23 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 8-13 daraja, kunduzi 11 sentyabrda 19-24 daraja; 12-13 sentyabrda 21-26 daraja iliq bo‘ladi.
Buxoro hamda Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 11 sentyabrda 15-20 m/s gacha kuchayadi, 11 sentyabrda 21-23 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 11 sentyabrda 16-21 daraja, 12-13 sentyabrda 13-18 daraja, kunduzi esa 25-30 daraja iliq bo‘ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 11 sentyabrda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 11 sentyabrda kechasi 15-20 daraja iliq, kunduzi 27-32 daraja issiq; 12-13 sentyabrda kechasi 13-18 daraja, kunduzi esa 25-30 daraja iliq bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 11 sentyabrda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 11 sentyabrda kechasi 18-23 daraja iliq, kunduzi 25-30 daraja, ba’zi joylarda 33-35 darajagacha issiq; 12 sentyabrda kechasi 15-20 daraja iliq, kunduzi 28-33 daraja issiq; 13 sentyabrda kechasi 15-20 daraja iliq, kunduzi 30-35 daraja issiq bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 11 sentyabrda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 15-20 daraja iliq, kunduzi 11 sentyabrda 27-32 daraja issiq bo‘ladi, 12-13 sentyabrda esa 25-30 daraja iliq bo‘ladi.
Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘ladi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 11 sentyabrda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 8-13 daraja iliq, kunduzi 11 sentyabrda 19-24 daraja iliq, 12-13 sentyabrda esa 15-20 daraja iliq bo‘ladi.