Yangi hafta qanday ob-havo bilan boshlanishi aytildi

Jamiyat

image

O‘zgidromet 22-24 yanvar kunlari O‘zbekiston hududida kuzatilishi mumkin bo‘lgan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.

Unga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, 22 yanvarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 23-24 yanvarda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin. Ba’zi joylarga tuman tushadi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 22 yanvarda kechasi 3-8 daraja sovuq, kunduzi 5-10 daraja iliq, 23 yanvarda kechasi 3 daraja sovuq -2 daraja iliq, kunduzi 0-5 daraja iliq, 24 yanvarda kechasi 2-7 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq  bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, 22-23 yanvarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 24 yanvarda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin. Ba’zi joylarga tuman tushadi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 22 yanvarda kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 10-15 daraja iliq, 23-24 yanvarda kechasi 3 daraja sovuq -2 daraja iliq, kunduzi 7-12 daraja iliq bo‘ladi. Navoiy viloyatining shimolida 22 yanvarda kechasi 3-8 daraja sovuq, kunduzi 5-10 daraja iliq, 23 yanvarda kechasi 3 daraja sovuq -2 daraja iliq, kunduzi 0-5 daraja iliq, 24 yanvarda kechasi 2-7 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq bo‘ladi.

Shuningdek, Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3 daraja sovuq -2 daraja iliq, kunduzi 7-12 daraja iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida esa havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 22-23 yanvarda 0-5 daraja iliq, 24 yanvarda 2 daraja sovuq -3 daraja iliq, kunduzi 22 yanvarda 12-17 daraja iliq, 23-24 yanvarda 10-15 daraja iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo  biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3 daraja sovuq -2 daraja iliq, kunduzi 5-10 daraja iliq bo‘ladi.

Bundan tashqari, respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-7 daraja sovuq, kunduzi 2-7 daraja iliq bo‘ladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing