Yangi hafta qanday ob-havo bilan boshlanishi aytildi

Bu qiziq

image

Gidrometeorologiya xizmati agentligi O‘zbekistonda dekabr oyining navbatdagi haftasi qanday ob-havo bilan boshlanishini ma’lum qildi. Unga ko‘ra, 18-20 dekabr kunlari hududlarda quyidagicha ob-havo kuzatiladi. 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, 18 dekabrda ba’zi joylarda qor yog‘adi, 19 dekabrda ba’zi joylarda biroz yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, 20 dekabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 18-19 dekabrda ayrim hududlarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 18 dekabrda kechasi 0/-5 daraja sovuq, kunduzi 0/+5 daraja iliq, 19 dekabrda kechasi -5/-10 daraja sovuq, kunduzi 0/+5 daraja iliq, 20 dekabrda kechasi  -3/-8 daraja sovuq, kunduzi 0/+5 daraja iliq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida ham havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 19 dekabrda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 18-19 dekabrda ayrim hududlarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 18 dekabrda kechasi -3/+2 daraja, kunduzi +7/+12 daraja iliq, 19 dekabrda kechasi 0/-5 daraja sovuq, kunduzi +3/+8 daraja iliq, 20 dekabrda kechasi 0/-5 daraja sovuq, kunduzi +3/+8 daraja iliq, Navoiy viloyatining shimolida 18 dekabrda kechasi 0/-5 daraja sovuq, kunduzi 0/+5 daraja iliq, 19 dekabrda kechasi -5/-10 daraja sovuq, kunduzi 0/+5 daraja iliq, 20 dekabrda kechasi -3/-8 daraja sovuq, kunduzi 0/+5 daraja iliq bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 19 dekabrda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 19 dekabrda ayrim hududlarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 18 dekabrda kechasi 0/-5 daraja sovuq, kunduzi +5/+10 daraja iliq, 19-20 dekabrda kechasi -2/+3 daraja, kunduzi +2/+7 daraja iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 19 dekabrda ayrim hududlarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 18 dekabrda kechasi -3/+2 daraja, kunduzi +10/+15 daraja iliq, 19 dekabrda +8/+13 daraja iliq, 20 dekabrda +5/+10 daraja iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0/-5 daraja sovuq,  kunduzi +3/+8 daraja iliq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, 18 dekabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 19-20 dekabrda ba’zi joylarda qor yo‘g‘adi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 18 dekabrda kechasi -3/-8 daraja sovuq, kunduzi 0/+5 daraja iliq, 19 dekabrda kechasi -2/+3 daraja, kunduzi 0/+5 daraja iliq, 20 dekabrda kechasi va  kunduzi -2/+3 daraja bo‘ladi.


Maqola muallifi

Teglar

ob-havo

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing