Yangi hafta dollar kursi oshishi bilan boshlanadi
Jamiyat
−
02 iyun 2023
8693O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan joriy yilning 5 iyun kuni amalda bo‘ladigan qiymatini belgiladi.
Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 17,69 so‘mga oshdi va 11 427,01 so‘mni tashkil qildi.
Yevro kursi 85,22 so‘mga ko‘tarildi, 12 303,46 so‘m etib belgilandi.
Rossiya rublining kursi esa 0,03 so‘mga balandladi, 141,34 so‘mni tashkil etdi.