Yangi hafta boshida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin
Jamiyat
−
17:27
2098O‘zgidromet 25-27 noyabr kunlari uchun ob-havo ma’lumotlarini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasida havo biroz bulutli bo‘ladi, 25-26 noyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 27 noyabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 25 noyabrda kechasi 3 daraja sovuq – 2 daraja iliq, kunduzi 7-12 daraja iliq, 26-27 noyabrda kechasi 1 daraja sovuq – 4 daraja iliq, kunduzi 7-12 daraja iliq bo‘ladi.
Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, 25-26 noyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 27 noyabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 25 noyabrda kechasi 3 daraja sovuq – 2 daraja iliq, kunduzi 10-15 daraja iliq, 26-27 noyabrda kechasi 1 daraja sovuq – 4 daraja iliq, kunduzi 10-15 daraja iliq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 25 noyabrda kechasi 0-5 daraja, kunduzi 13-18 daraja, 26 noyabrda kechasi 2-7 daraja, kunduzi 15-20 daraja, 27 noyabrda kechasi 2-7 daraja, kunduzi 17-22 daraja iliq bo‘ladi. Navoiy viloyatining shimolida 25 noyabrda kechasi 3 daraja sovuq – 2 daraja iliq, kunduz 7-12 daraja iliq, 26-27 noyabrda kechasi 1 daraja sovuq – 4 daraja iliq, kunduzi 7-12 daraja iliq bo‘ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 25 noyabrda 0-5 daraja, kunduzi 12-17 daraja, 26-27 noyabrda kechasi 2-7 daraja, kunduzi 15-20 daraja iliq bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10 daraja, kunduzi 25 noyabrda 15-20 daraja, 26-27 noyabrda 17-22 daraja iliq bo‘ladi.
Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 25 noyabrda kechasi 0-5 daraja, kunduzi 10-15 daraja, 26-27 noyabrda kechasi 2-7 daraja, kunduzi 10-15 daraja iliq bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5 daraja, kunduzi 7-12 daraja iliq bo‘ladi.
LiveBarchasi