Yangi hafta boshida ayrim joylarda yomg‘ir, qor yog‘adi
Jamiyat
−
02 noyabr
24341O‘zgidromet 4-6 noyabr kunlari kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlarini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, 4-5 noyabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. 6 noyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 4 va 6 noyabrda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 4 noyabrda kechasi 5-10 daraja, kunduzi 8-13 daraja; 5 noyabrda kechasi 2-7 daraja, kunduzi 10-15 daraja iliq; 6 noyabrda kechasi 0-5 daraja iliq, ba’zi joylarda 2 daraja sovuqqacha, kunduzi 5-10 daraja iliq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, 5 noyabrda kuchli bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 4 va 6 noyabrda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, 4 noyabrda ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 7-12 daraja, kunduzi 4 noyabrda 20-25 daraja, 5 noyabrda 13-18 daraja, 6 noyabrda 10-15 daraja iliq bo‘ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, 5-6 noyabrda kuchli bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, 4 noyabrda ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 7-12 daraja, kunduzi 4 noyabrda 20-25 daraja, 5 noyabrda 13-18 daraja, 6 noyabrda 10-15 daraja iliq bo‘ladi.
Qashqadaryo viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 4 va 6 noyabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 9-14 daraja, kunduzi 4 noyabrda 24-29 daraja, 5-6 noyabrda 17-22 daraja iliq bo‘ladi.
Surxondaryo viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, 4 noyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 5-6 noyabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 4 va 6 noyabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 9-14 daraja, kunduzi 4 noyabrda 24-29 daraja, 5-6 noyabrda 10-25 daraja iliq bo‘ladi.
Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, 4 noyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 5-6 noyabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 4 noyabrda kechasi 5-10 daraja, kunduzi 20-25 daraja, 5 noyabrda kechasi 7-12 daraja, kunduzi 12-17 daraja, 6 noyabrda kechasi 7-12 daraja, kunduzi 10-15 daraja iliq bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqt-vaqti bilan yomg‘ir, qor yog‘adi, 5-6 noyabrda ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 4 noyabrda kechasi 3-8 daraja, kunduzi 13-18 daraja, 5-6 noyabrda kechasi va kunduzi 3-8 daraja iliq bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda noyabr oyida qanday ob-havo bo‘lishi haqida xabar berilgandi.
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr