Yana pora. Qashqadaryolik amaldorlar 2500 AQSH dollar bilan qo‘lga tushdi
3-sahifa
−
08 noyabr 2022
11027Qashqadaryo viloyat qishloq xo‘jalik boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i va Nasos stansiyalari va energetika boshqarmasi Chiroqchi uchastkasi boshlig‘i fuqarodan 2 500 AQSH dollar pora olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangandi.
Bu hakda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining rasmiy telegram kanalida xabar berildi.
Departamentning ta’kidlashicha, mansabdorlar fuqaro B.E.ga tanishlari orqali tumandagi fermer xo‘jaliklaridan birida dala maydonidan davlat dasturiga kiritilgan quduqni qazib, ishga tushirish uchun hujjatlarni rasmiylashtirib berishini aytib, evaziga 2500 dollar pora so‘ragan.
Shundan so‘ng mazkur holat yuzasidan Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qashqadaryo viloyat boshqarmasi tomonidan DXX va IIB xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan.
“Jinoiy ish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari boshlangan”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Jizzaxda hokim yordamchisi 2000 AQSH dollar pora bilan ushlangani haqida xabar qilgan edik.
Charos Xolmurodova
LiveBarchasi