Yana noqonuniy ov: Bu gal Zarafshon qirg‘ovuli ovlandi

3-sahifa

image

Navoiy viloyatining Navbahor tumanida fuqaro tomonidan Zarafshon qirg‘ovuli ovlandi. Bu haqda viloyat Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi. 

Qayd etilishicha, ovlangan 1 dona Zarafshon qirg‘ovuli O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan.

“Mazkur holat yuzasidan fuqaro tabiatga 3 million so‘m miqdorda zarar keltirgan. Ma’muriy chora ko‘rish maqsadida tuman jinoyat ishlari bo‘yicha sudga yuborish uchun hujjatlar to‘planmoqda”, deyiladi boshqarma xabarida.

Ma’lumot uchun, qirg‘ovul o‘rmon hamda ekin maydonlari atrofida, daryo va ko‘l qirg‘og‘idagi chakalakzor to‘qaylarda yashaydi. O‘zbekiston hududida bu turdagi qushlar ko‘p ovlangani sababli kamayib ketgan. Biroq ularga zarur sharoit yaratilsa, ularni tez fursatda ko‘paytirish mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Jizzax viloyati Arnasoy tumanining “Zolotoy most” degan hududida fuqaro tomonidan Qizil kitobga kiritilgan pushti saqoqush ovlangan edi. 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing