Yana metro: poyezd ikki bekat orasida to‘xtab qoldi

Jamiyat

image

Kecha, 5 fevral kuni Toshkent metropolitenining "Xalqlar do‘stligi" va "Milliy bog‘" bekatlari oralig‘ida harakatlanib kelayotgan metro poyezdi to‘xtab qoldi. Holat bo‘yicha “Toshkent metropoliteni” DUK Matbuot xizmati izoh berdi.

Qayd etilishicha, 5 fevral kuni soat 19:27 da Toshkent metropolitenining "Xalqlar do‘stligi" va "Milliy bog‘" bekatlari oralig‘ida harakatlanib kelayotgan 4-sonli harakat tarkibida texnik nosozlik kuzatilgan va poyezd harakatdan to‘xtagan.

Shu vaqt mashinist kerakli chora-tadbir qo‘llab, harakat tarkibi "Milliy bog‘" bekatiga olib kelingan va barcha yo‘lovchilar bekatga tushirilgan. Ushbu poyezdga yordam ko‘rsatish maqsadida keyingi navbatda harakatlanayotgan poyezd ham yo‘lovchilarni "Milliy bog‘" bekatida qoldirgan. Ular ta’mir uchun Chilonzor elektrodeposiga yo‘naltirilgan.

"Texnik nosozlik sabab yuzaga kelgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz", deyiladi xabarda.

Avvalroq, “Kosmonavtlar” bekatida harakatlanayotgan 34-sonli harakat tarkibida ham nosozlik kuzatilgani haqida xabar bergan edik.

Eslatib o‘tamiz, Toshkent metrosida 2021 yil mobaynida metro poyezdlarining harakat vaqtida to‘xtab qolishi, manzilga yetmay yo‘lovchilarni tushurib yuborishi yoki yurib ketayotgan poyezd eshiklarining ochilib ketishi kabi holatlar ro‘y bergan edi


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

255

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing