Yana Qashqadaryo. Savdo markazida yuz bergan mushtlashuv to‘g‘risida ma’lumot berildi

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Qarshi tumanidagi kafelardan birida “Qonli ishkal” sarlavhasi ostida videolavha tarqaldi. Holat yuzasidan Qashqadaryo viloyati IIB Matbuot xizmati ma’lumot berdi

Qayd etilishicha, joriy yil 14 avgust kuni Qarshi tumani markazida joylashgan savdo markazida ommaviy mushtlashuv yuz bergan. 

Xabarga ko‘ra, soat taxminan 22:00 larda Qarshi tumanida yashovchi O.Q. va sherigi X.Yo. bilan birga o‘tirib ovqatlanib, u yerda spirtli ichimlik iste’mol qilib, savdo markazidan soat taxminan 00:00 larda tashqariga chiqqan. 

Savdo markazi oldida o‘tirgan fuqarolar A.F., R.R. va I.J.lar bilan o‘zaro tortishib qolgan. O.Q. I.J.ni yuz qismiga urgach, o‘rtada janjal yuzaga kelib, unga X.Yo. ham qo‘shilgan. 

Ma’lum qilinishicha, mazkur holat Qarshi tumani IIB navbatchilik qismida qayd etilib, tergovga qadar surishtiruv harakatlari olib borilgan. Tuman IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan fuqarolar O.Q va X.Yo.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Eslatib o‘tamiz, Qashqadaryoning Qarshi shahrida aralash kurash jangchisi Elbek Rahimov bir guruh odamlar tomonidan qasddan pichoqlandi va buning oqibatida sportchi shifoxonada vafot etdi. 
 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

852

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing