Yana bir yulduz futbolchi Jahon chempionatiga bora olmasligi mumkin

Sport

image

"Bavariya" hujumchisi Sadio Mane Germaniya chempionatining 14-turi doirasida "Verder"ga qarshi uchrashuvda (6:1) jarohat oldi. Senegallik futbolchi birinchi bo‘limning 20-daqiqasida murabbiy tomonidan almashtirildi. Uning o‘rniga Leroy Sane maydonga tushdi.

Afrikalik futbolchining jarohati qay darajada jiddiy ekanligi hozircha noma’lum. Yaqin orada Sadio tibbiy ko‘rikdan o‘tadi.

Ma’lumot uchun, JCH-2022 noyabr oyining ikkinchi yarmida boshlanadi. Mane boshchiligidagi Senegal terma jamoasi ilk o‘yinni 21 noyabr kuni o‘tkazadi. Afrika qit’asi termasining raqibi Niderlandiya bo‘ladi.

Avvalroq, fransiyalik futbolchilar Pol Pogba va N'Golo Kante mundialni o‘tkazib yuborishi ma’lum bo‘lgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Mane Senagal

Baholaganlar

54

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing