O‘zbekistonlik futbolchi Arda Turon murabbiyligidagi jamoa a’zosiga aylandi
Sport
−
17 avgust 2023 7473 1 daqiqa
O‘zbekiston U-20 terma jamoasi himoyachisi Jahongir O‘rozov Turkiyaning “Eyupspor” klubi futbolchisiga aylandi. Bu haqda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi (O‘FA) matbuot xizmati xabar berdi.
O‘rozov yangi klubi bilan 5 yillik shartnoma imzoladi. Bungacha futbolchi Toshkentning “Bunyodkor” klubida to‘p tepayotgandi.
Ma’lumot o‘rnida, “Eyupspor” Turkiya 1-ligasi jamoasi hisoblanadi. Jamoa murabbiyi mashhur turkiyalik sobiq futbolchi – Arda Turon.
”Futbolchimizga yangi jamoasi safida omad va zafarlar tilaymiz”, deyiladi O‘FA xabarida.
Live
Barchasi