Yana bir sobiq “Barselona” a’zosi Messi va Busketsga jamoadosh bo‘ldi
Sport
−
21 iyul 2023 3321 1 daqiqa
“Barselona”ning sobiq himoyachisi Xordi Alba “Inter Mayami”ga o‘tdi. Bu haqda MLS klubi matbuot xizmati xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, 34 yoshli ispaniyalik futbolchi bilan shartnoma 2024 yilning oxirigacha mo‘ljallangan, shartnoma yana bir mavsumga uzaytirilishi mumkin.
“Xordi tezkor va tajribali futbolchi, biz uni qo‘lga kiritganimizdan xursandmiz. O‘n yildan ko‘proq vaqt davomida Alba mustahkam himoyaviy o‘yin va hujumda faollik ko‘rsatdi. U “Inter Mayami”ning o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlariga erishishda yordam beradi”, deydi klub sport direktori Kris Xenderson.
Alba faoliyati davomida “Valensiya”, “Ximnastik” va “Barselona”da o‘ynagan. U “ko‘k-anorranglilar” bilan olti karra Ispaniya chempioni bo‘lgan. Shuningdek, Yevropa Chempionlar Ligasi, klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida g‘olib bo‘lgan. Ispaniya terma jamoasi bilan Yevropa chempionati va Millatlar ligasida zafar quchgan.
Live
Barchasi