Yana bir Prezident koronavirusga chalindi

Olam

image

Portugaliya prezidenti Marselu Rebelu di Sozadan koronavirus infeksiyasi aniqlandi. Bu haqda Prezidentning veb-saytida aytilgan.

Bungacha siyosatchi virus uchun topshirgan testlari manfiy natija berib kelgan, ammo yana bir PSR tekshiruvi Portugaliya yetakchisining kasallikka chalinganini ko‘rsatgan. Biroq, unda alomatlari sezilmayapti.

Prezident o‘zini yakkalashga o‘tgan. Uning ishtirokida bo‘lib o‘tadigan tadbirlar bekor qilingan.

Ma’lumot uchun, hozirgi kunda Portugaliyada 489 293 kishi koronavirusga chalingan. Ulardan 372 056 nafari sog‘aygan bo‘lsa, 7925 nafari vafot etgan.

Avvalroq, Londonda yangi yil ta’tilini oilasi bilan o‘tkazayotgan Armaniston Prezidenti Armen Sarkisyan ham koronavirus bilan kasallangan edi. 

Keyinchalik, Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan ham koronavirusga chalingan bo‘lishi mumkinligi aytildi. 

Shuningdek, Belarus prezidentligiga sobiq nomzod Svetlana Tixanovskaya koronavirusga chalingani ma’lum bo‘ldi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

76

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing