Yana bir necha kishi qamoqqa olindi
3-sahifa
−
11 dekabr 2022
20718Biroz avval, “Hududgazta’minot”ning Toshkent viloyati filiali direktori qamoqqa olingani haqida xabar bergan edik. Qo‘shimcha qilinishicha, yana bir necha kishi qamoqqa olingan. Bu haqda aholi va iqtisodiyot tarmoqlarini energiya resurslari bilan mutanosib ta’minlash masalalari bo‘yicha Respublika shtabining navbatdagi yig‘ilishida aytib o‘tildi.
Prezident Adminstratsiyasi rahbari Sardor Umurzoqov raisligida o‘tkazilgan yig‘ilishda mamlakat Bosh prokurori Nig‘matilla Yo‘ldoshevning ma’lum qilishicha, “Yangiyo‘l tumangaz” rahbari U.T. va “Guliston tuman elektr tarmoqlari korxonasi” sobiq rahbari F.Sh.ga ham jinoyat ishi ochilib, ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olingan.
“Agar boshqa hududlardagi mas’ullar ham bundan to‘g‘ri xulosa chiqarmasa va qonunbuzilish holatlariga yo‘l qo‘ysa, ularga ham albatta xuddi shunday jinoiy ish qo‘zg‘atiladi”, deydi Sardor Umurzoqov.
LiveBarchasi