Yana bir mamlakat Toshkentda o‘tkaziladigan boks chempionatiga boykot e’lon qildi
Sport
−
24 fevral 2023
5715Ukraina boks federatsiyasi erkaklar va ayollar o‘rtasidagi 2023 yilgi Jahon chempionatlarida ishtirok etmasligini ma’lum qildi. Bu haqda TASS nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, mamlakat federatsiyasi sabab sifatida Xalqaro boks assotsiatsiyasining (IBA) Rossiya va Belarus bokschilariga Jahon chempionatida ishtirok etishga ruxsat berganini ko‘rsatmoqda.
“Ukraina boks federatsiyasi vakillari hamda sportchilarimiz Rossiya va Belarus vakillari qatnashadigan joyga bormaydi”, deydi Ukraina boks federatsiyasi vitse-prezidenti Oleg Ilchenko.
Ilchenko agar rossiyalik va belaruslik bokschilar Parij–2024 Olimpiya o‘yinlarida qatnashsa, Ukraina Olimpiadaga ham boykot e’lon qilishini ta’kidlab o‘tdi.
Eslatib o‘tamiz, boks bo‘yicha ayollar o‘rtasidagi Jahon chempionati 15–31 mart kunlari Hindistonning Nyu-Deli shahrida, erkaklar o‘rtasidagi Jahon chempionati 1–14 may kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tadi.
LiveBarchasi