Yana bir davlat Rossiya diplomatlariga “chiqish eshiklarini ko‘rsatdi”

Olam

image

Gretsiya respublikada akkreditatsiya qilingan Rossiya diplomatik vakolatxonalarining 12 nafar xodimini persona non grata (istalmagan shaxs) deb e’lon qildi. Bu haqda Gretsiya Tashqi ishlar vazirligi bayonotida ma’lum qilindi

Bayonotga ko‘ra, ushbu xodimlar 1961 yildagi Diplomatik munosabatlar to‘g‘risidagi va 1963 yildagi Konsullik aloqalari to‘g‘risidagi Vena konvensiyasi qoidalariga muvofiq nomaqbul shaxslar deb e’lon qilingan. 

Qayd etilishicha, Rossiyaning Gretsiyadagi elchisi 12 nafar xodimini persona non grata deb e’lon qilinishi haqidagi qaror yuzasidan xabardor qilingan.

Ma’lumot o‘rnida, joriy yilning 4 aprel kuni Rossiyaning Berlindagi elchisi Germaniya Tashqi ishlar vazirligiga chaqirilib, Rossiya diplomatik missiyasining 40 nafar xodimi mamlakatdan chiqarib yuborilgani haqida ogohlantirilgan. Shuningdek, Parij rossiyalik 35 diplomatni mamlakatdan chiqarib yuborishini ma’lum qilgan. 

Shuningdek, Ispaniya 25 nafar, Daniya esa 15 nafar rus diplomatlarini mamlakatdan chiqarib yuborishga qaror qildi. 

Joriy yilning 29 mart kuni esa Yevropaning bir qator davlatlari, jumladan Belgiya, Niderlandiya va Irlandiya Rossiyaning Ukrainaga hujumi fonida rossiyalik diplomatlarni chiqarib yuborishini ma’lum qilgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, 21 nafar rossiyalik diplomat Belgiyani, 17 nafari Niderlandiyani, to‘rt nafari Irlandiyani tark etishi kerak.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

134

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing