Kurs UZS

USD

12 915.00

-10.2

EUR

13 957.24

-25.24

RUB

153.55

0.97

Yana 12 bola Rossiyadan Ukrainaga qaytdi

Olam

image

Rossiyaga deportatsiya qilingan yana 12 nafar ukrainalik bola vataniga qaytdi. Bu haqda kecha, 3 fevral kuni Ukraina Prezidenti devoni rahbari Andrey Yermak Telegram-kanalida ma’lum qildi.

Qutqarilganlar orasida chidab bo‘lmas sinovlarni boshidan kechirgan bolalar ham bor: kasbiy tibbiyot xodimlarining beparvoligi tufayli onasidan ayrilgan 16 yoshli qiz, Rossiya armiyasiga chaqiruv qog‘ozi berilgan 17 yoshli o‘smir, shuningdek, Rossiya fuqaroligini olishdan bosh tortgani uchun otasidan tortib olmoqchi bo‘lgan 8 yoshli qizaloq. Yermakning yozishicha, “ta’lim lagerlari”da ularni ruslashtirishga urinishgan.

“Bring Kids Back” ma’lumotlariga ko‘ra, keng ko‘lamli urush boshlanganidan beri Ukrainadan jami 19 ming 546 bola noqonuniy olib ketilgan. Ulardan 1037 nafari vataniga qaytarilgan.

Ukrainaning bosib olingan hududlaridan bolalarning Rossiyaga deportatsiyasi Gaagadagi Xalqaro jinoyat sudi tomonidan Prezident Vladimir Putin va Rossiya Bolalar ombudsmani Mariya Lvova-Belovani hibsga olish uchun order chiqarishi uchun asos bo‘ldi. Kreml ayblovlarni rad etib, bolalar xavfsiz hududlarga olib ketilganini aytib kelmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyaning bolalar huquqlari bo‘yicha komissari Mariya Lvova-Belova 2022 yilda Rossiya Ukrainadan 700 mingdan ortiq bolani olib ketganini ma’lum qilgandi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bosqin boshlanganidan beri Rossiya Federatsiyasi Ukrainaning 4,8 million aholisini, jumladan, 700 mingdan ortiq bolalarini “qabul qilgan”. Voyaga yetmaganlarning aksariyati Rossiyaga ota-onasi yoki yaqinlari bilan kelgani aytiladi. Shuningdek, 1,5 mingga yaqin yetim yoki ota-ona qaramog‘isiz qolgan bolalar ham Rossiyaga jo‘natilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Ukraina bolalar Andrey Ermak

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing