Yamanda uch kunda 800 dan ortiq odam halok bo‘ldi

Olam

image

Yaman hukumati kuchlari va “Ansorulloh” (husiylar) harakati isyonchilari o‘rtasidagi to‘qnashuv hamda arab koalitsiyasining so‘nggi uch kun davomidagi operatsiyasi oqibatida 814 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Saudiyaning rasmiy SPA axborot agentligi xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, oxirgi 72 soat ichida koalitsiya kuchlari g‘arbiy Ma’rib viloyatining Al-Kesar va Al-Jabve tumanlarida 88 ta operatsiyani amalga oshirgan. Oqibatda 36 ta harbiy mashina va kamida 264 nafar husiy yo‘q qilingan.

“Ansorulloh” voizi Yahyo Seri husiylar 550 kishini o‘ldirganini, 1200 kishini yaralab, 90 kishini asirga olganini aytdi.

“G‘alabali bahor” operatsiyasi davomida Shabva va Ma’rib provinsiyalarida 3,2 ming km kvadrat maydon ozod qilindi”, degan Seri.

Ma’lumot uchun, Eron tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan“Ansorulloh” harakati isyonchilari 2014 yilning sentyabr oyidan buyon Yaman poytaxti Sana va mamlakatning bir qancha hududlarida nazoratni o‘rnatgan.

Saudiya Arabistoni boshchiligidagi koalitsiya Yaman hukumatini 2015 yilning mart oyidan beri husiylarga qarshi kurashda qo‘llab-quvvatlab keladi.

Ma’lumot o‘rnida, Yaman dunyodagi eng qashshoq davlatlardan biri. Mamlakatda 7 yildan beri davom etayotgan urush oqibatida 233 ming kishi qurbon bo‘lgan. 

BMT ma’lumotlariga ko‘ra, taxminan 30 million aholiga ega Yaman, dunyodagi eng jiddiy gumanitar inqirozlardan biriga duch kelgan. Mamlakatdagi 22 milliondan ortiq odam yordam va himoyaga muhtoj.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

124

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing