Yaman husiylari Isroilga qarshi urush e’lon qildi (video)

Olam

image

Bugun, 31 oktyabr kuni Yamandagi “Ansor Alloh” (husiylar) harakati Isroilga rasman urush e’lon qildi. Tegishli bayonot husiylar rasmiy vakili Yahyo Sari Anuning  X (sobiq Twitter) ijtimoiy tarmog‘ida e’lon qilindi

“Qurolli kuchlarimiz Isroildagi turli nishonlarga kuchli ballistik va qanotli raketalar, shuningdek, ko‘p sonli uchuvchisiz samolyotlarni uchirdi. Biz Isroil tajovuzi to‘xtamaguncha, raketalar va dronlardan foydalangan holda yaxshiroq hujumlar uyushtirishda davom etamiz”, degan general. 

Yahyo Sari husiylarning hozirgi harakatlari Falastindagi mazlumlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida amalga oshirilgan uchinchi operatsiya ekanini da’vo qilgan.

Isroil mudofaa kuchlari matbuot xizmati ham mamlakat janubidagi Eylat hududiga uchuvchisiz samolyot bostirib kirgani va sirenalar yangraganini ma’lum qilgan. Keyinchalik KAN radiosi dron Yamandan uchirilganini va Qizil dengiz osmonida urib tushirilganini xabar qilgan.

Ma’lumot uchun, husiylar Yamanda faoliyat yuritayotgan yarim harbiylashtirilgan guruh hisoblanadi. Ular 2004 yilda Yaman hukumatiga qarshi qurolli qo‘zg‘olon ko‘tarib, mamlakat janubidagi ayrim hududlarni asta-sekin nazoratga olgan. Husiylar 2011 yilda Yamandagi inqilobda qatnashgan, oqibatda prezident Ali Abdulla Solih iste’foga chiqqan. 2015 yil boshidan, Yaman poytaxti Sana egallanib, Inqilobiy kengash tuzilganidan so‘ng, u Yamanda amalda hukmron tashkilot bo‘lib kelmoqda. Inqilobiy kengash raisi Muhammad Ali al-Husiy edi. Uning Yaman ustidan hukmronligi qonuniyligi BMT va Ko‘rfaz hamkorlik kengashi tomonidan tan olinmagan. Husiylar harbiy va moliyaviy yordamni Eron va “Hizbulloh”dagi ittifoqchilaridan yashirgan deb taxmin qilinadi. Guruh 2004 yil sentyabrida Yaman armiyasi tomonidan o‘ldirilgan uning asoschisi va sobiq rahbari Husayn al-Husiy sharafiga nomlangan.


Maqola muallifi

Teglar

Falastin Isroil Yaman husiylar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing