Yamalning otasi “Real” muxlislariga murojaat qildi

Sport

image

“Barselona”ning 17 yoshli vingeri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui “Real Madrid” muxlislarining o‘g‘li haqidagi tanqidlariga javob berdi.

“Lamin nafaqat “Barsa”da, balki milliy terma jamoada ham o‘ynaydi. Yosh bo‘la turib, “Barselona”da 100 ta o‘yin o‘tkazgan yigitni maqtashimiz kerak. Odamlar u haqida yomon gapirishlari menga yoqmaydi. Uni qoralashning hojati yo‘q. “Barsa” muxlislari “Real”ning yosh iste’dodlarini haqorat qilmaydi”, deydi Munir.

Joriy mavsumda Yamal barcha turnirlarda 49 ta o‘yin o‘tkazib, 15 ta gol urdi va 24 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. “Transfermarkt” portalida keltirilgan ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 180 million yevroni tashkil qiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Barselona Real Madrid Lamin Yamal Munir Nasraui

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing